MARGARITA — Karib dengizidagi orol, Venesuela xududi. Mayd. 1036 km2. Relyefi, asosan, sertepa tekislik, gʻarbiy va sharqiy qismlarida bal. 700 — 1000 m li togʻ massivlari bor. Kserofit butalar va urmonlar bilan qoplangan. Magnezit konlari topilgan. Aholi chorvachilik, baliq ovlash, marvarid yigʻish va tropik dehqonchilik bilan shugʻullanadi. Iklim kurorti koʻp (Porlamar va b.). M. da Asunsyon sh. joylashgan. Turizm rivojlangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые