MARGANES

MARGANES (nem. Marganerz – marganes rudasi; lot. Manganum) , Mn — Mendeleyev davriy sistemasining VII guruh kimyoviy elementi. Tartib rakami 25, at. m. 54,9380. Tabiatda 1 ta barqaror izotopi 55Mp maʼlum. Oksidlanish darajasi +2 dan +7 gacha, birikmalaridan 2 va 7 valentliklari barqaror hisoblanadi. Poling boʻyicha elektr manfiyligi 2,5 ga teng. Ion radiusi (qavslarda koordinatsion sonlar keltirilgan) Mp2+ uchun 0,080 nm (4), 0,089 nm (5), 0,104 nm (7), Mp7+ uchun 0,039 nm (4), 0,060 nm (6). Marganesni dastlab 1774-y. shved olimi K. Sheyele aniqlagan. Sof holdagi Mn ni shved kimyogari Yu. Gan ajratib olgan.

Marganesning yer poʻstidagi massa boʻyicha miqdori 0,1% atrofida, okean suvlarida 2-10~7%. Tabiatda erkin holda uchramaydi, asosan, minerallar tarkibida boʻladi. Pirolyuzit ()-MpO2, psilomelan tMO pMpO2xN2O [M=Va, Sa, K, Mp (II)], manganit (J-MnOOH, braunit 3Mn2O3MnSiO3 va rodoxrozit MpSO3 lar shular jumlasidandir. Rossiya, JAR, Avstraliya, Gabon, Braziliya, Hindiston, Gana va b. davlatlarda rudalari mavjud. Tinch, Atlantika va Hind okeanlarida temirmarganes konkre-siyalari koʻp tarqalgan.

Marganes oqkumush rang metall, kristall holdagi 4 ta kubsimon modifikatsiyasi maʼlum boʻlib, 710° dan past xaroratlarda a – shakldagisi barqaror hisoblanadi. — 173° dan pastda anti-ferromagnit, yuqori haroratlarda esa paramagnitdir.

Marganes havoda yengil oksidlanadi, 800° dan yuqorida ichki qavati MpO tashqaridagi Mp3O4 dan iborat kuyindini hosil qiladi. 800° dan pastda Mp2O3, 450° dan pastda esa MpO2 hrsil boʻladi. 100 g M. 60 sm3 vodorodni yutib, qattiq eritma xrsil qiladi. Galogenlar b-n kristall holdagi digalogenidlar beradi, qizdirilganda oltingu-gurt, azot, fosfor, uglerod, kremniy va b. elementlar bilan birikadi. Marganesning MnN6, Mn5N2, Mn4N, MnN, Mn6N5, Mn3N2 tarkibli nitridlari, MpR, MnP3, Mn2P, MrijPj, Mn4P tarkibli fosfidlari, Mp3S koʻrinishdagi karbidi va MnSi, MnSi17, Mn3Si, Mn5Si3 tarkibli silitsidlari olingan.

Marganes hozirgi vaktda metallotermiya usulida, sof holdagisi marganes sulfat MnSO4 ni qaytarib, elektroliz qilib olinadi.

Marganesning asosiy qismi poʻlat i. ch. da, rangli metallurgiya sanoatida, alyuminiy va magniy qotishmalari tayyorlashda, korroziyaga qarshi ishlatiladigan qoplamalar tayyorlashda qoʻllanadi. Inson organizmida Marganesning mikdori sutkasiga 4 mg dan kamaysa, u kasallanadi, oʻsimliklarda yetishmay qolsa, xloroz (xlorofill yetishmovchiligi) kelib chiqadi. Marganes birikmalari zararli, jumladan, ular kishi asabini ishdan chiqaradi, changlarining uzok, vaqt davomida nafas yoʻllariga kirishi surunkali zaharlanishga olib keladi.

Ad.: Axmetov N. S ., Obщaya i neorganicheskaya ximiya, Marganes, 1981.

Kudrat Axmerov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x