MARDONIY (qad. forscha — Marduniya) — fors sarkardasi, Doro I ning kuyovi. Yunon-fors urushlariyaa forslar qoʻshini qoʻmondoni. Mil. av. 492-y. M. boshchiligidagi axomaniylar armiyasi va floti Jan. Frakiya, Makedoniya va Tasos o. ni qayta boʻysundirgan. Kserks I ning mil. av. 480-y. dagi harbiy yurishida qatnashgan; Salamin jangidan soʻng Kserks chekingach, qoʻshinning bir qismi b-n Yunonistonda qolgan. 479-y. Afinani talontaroj qilgan, Plateya jangida magʻlubi-yatga uchragan va oʻldirilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые