MARATTIYANAMOLAR — qirqquloqsimonlar sinfiga mansub oʻsimliklar tartibi (Marattiales) yoki kenja sinfi (Marattiidae). Poyasi yoʻgʻon kartoshkasimon boʻlib, yarmi tuproqqa botib turadi. Bargi yoʻgʻon bandli, yirik (uz. 4—6 m), patsimon, baʼzan panjasimon, bir-biriga tutash, ikkita kalin yonbargchasi bor. Barglarining orkasida, tomirlari boʻylab sporangiylar joylashgan; koʻpchilik Marattiyanamolarda ular oʻsib sinangiylar hosil qiladi. 6 turkumi (200 ga yaqin turi) bor. Ikkala yarimsharning tropiklari, baʼzan subtro-piklarida usadi. Aftidan, Marattiyanamolar eng qadimiy qirqquloklardan boʻlib, qazilma holdagisi paleozoy (karbon) davridan maʼlum. Ayrim Marattiyanamolarning novda va yonbarglari kraxmalga boy, ovqatga ishlatiladi. Yirik Marattiyanamolar manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые