MARAKAYBO

MARAKAYBO — Venesueladagi koʻl, Karib dengizining Venesuela qoʻltigʻidan jan. da, qoʻltiq bilan sayoz (2—4 m) boʻgʻoz bilan bogʻlangan (boʻgʻoz orqali uz. 8,7 km li koʻprik qurilgan). Marakaybo garbda Syerrade-Perixa va sharkda Kordilyera-Merida togʻ tizmalari oraligidagi botiqda joylashgan. Mayd. 16,3 ming km2 (baʼzi maʼlumotlarga koʻra, 13,3 ming km2). Chuq. 250 m gacha. Sohil kismi botqoklashgan pasttekislik. Marakayboga 50 dan ortiq daryo quyiladi. Daryo oqiziqlarining juda koʻp kelib tushishi natijasida koʻl maydoni kichrayib bormoqda. Koʻl suvi jan. qismida chuchuk, shim. da shoʻrroq. Marakayboda kema qatnaydi. Koʻl hududida yirik neft konlari topilgan. Gʻarbiy sohilida Marakaybo porti joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x