MARAFON YUGURISHI — yengil at letikada katta yoʻl (shosse) da 42 km 195 m ni yugurib oʻtish. Nomi va masofa uzunligi yunon askari haqidagi rivoyat bilan bogʻliq: u Yunonistondagi Marafon qishlogʻi bilan Afina oʻrtasidagi taxm. 40 km yoʻlni yugurib oʻtib, Afinaga yunonlarning forslar ustidan gʻalabasi (mil. av. 490-y.) toʻgʻrisidagi xabarni yetkazgan. Marafon yugurishi 1896-y. dan Olimpiada musobaqalari dasturiga kiritilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые