MAQSAD

MAQSAD (falsafada) — inson amaliy faoliyatining avvaldan fikran oʻylangan natijasi. Maqsad insonlarga xos boʻlib, uni kelajakning loyihasi, deb taʼriflash mumkin. Ehtiyoj, manfaat, motiv individ yoki ijtimoiy guruh xulq-atvori, faoliyatining muhim tarkibiy qismlari boʻlsa, Maqsad faoliyat yoʻnalishini belgilovchi ele-mentdir. Maqsadning shakllanishiga subyektning ehtiyoj va manfaatlari kuchli taʼsir oʻtkazadi. Maqsadning real va noreal, qisqa muddatli va uzoq muddatga moʻljallangan, asosiy va ikkinchi darajali va b. turlari bor. Real Maqsadlar subyektning imkoniyatlari, atrof muhitning holati va obyektiv qonuniyatlarni hisobga olsa, noreal Maqsadlar faqatgina subyektning orzu-istaklarini ifodalaydi, atrofdagi vaziyatni hisobga olmaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x