MAQOM RAQSI — anʼanaviy raqs turkumi. Oʻtmishdagi oʻn ikki maqom, 18-a. da shakllangan Buxoro Shashmaqomi, Fargʻona—Toshkent va Xorazm maqomlarining cholgʻu kuylari va xonandalar tomonidan kuylanadigan qismlarining ohanglari va zarblariga mos ijro etiladigan raqslar Maqom raqsi deb atalgan. Buxoro amirligi, Xiva va Qoʻqon xonligida bunday raqslar asosida oʻziga xos mumtoz turkumlar hosil boʻlgan. Buxoro va Xorazmda turkum «Maqom raqsi» (yoki ufori) deb, Fargʻonada «Katta oʻyin» deb atalgan. Maqom raqsi taraqqiyoti davomida tana, qoʻl, oyoq, bosh qarakatlarining butun bir tizimi kashf etilgan boʻlib, ular maxsus maqom ohanglari va, ayniqsa, usullari asosida ijro etilgan «Ufori» deb atalgan maxsus raqs usullari boʻlgan. Raqs usullari va harakatlari gʻolib, usulchi deb yuritilgan xalq muallimlari va baletmeysterlari tomonidan boʻlgʻusi raqqos va raqqosalarga muay-yan uslub asosida olib boriluvchi mash-gʻulotlar orqali qunt bilan oʻrgatilgan. Maqom raqsi 20-a. da zamonaviy sahnalarga chiqdi. Professional va xalq ansambllari repertuaridagi «Gul uyin», «Tanavor». «Jozoir», «Munojot» singari raqslar, qayroq va zanglar bilan ijro etiladigan oʻyinlar shular jumlasidandir. Usta Olim Komilov va Tamaraxonim tomonidan tartibga solingan, milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida oʻqitilayotgan «Doyra darsi»da Fargʻona M. r. harakatlari va usullari jamlangan.
Ad.: Avdeyeva L., Oʻzbek milliy raqs tarixidan, T., 2001.
Muhsin Qodirov.