MAO SZEDUN (1893.26.12, Xunan viloyati Syantan uyezdi — 1976.9.9, Pekin) — Xitoy Kompartiyasi (XKP) MK raisi (1943-y. dan), XKP asoschilaridan biri. 1954—59 y. larda XXR raisi. U oʻtkazgan «katta sakrash» siyosati (1958— 60) Mao Szedunning davlatdagi obroʻsiga putur yetkazdi. 1959-y. dan Mao Szedun shaxsiga sigʻinish avj oldirildi (mamlakatda millionlab nusxada Mao Szedun asarlaridan koʻchirma kitobchalar, uning fikrlari toʻplamlari nashr qilindi), uning gʻoyaviynazariy koʻrsatmalari — maoizm esa marksizmleninizmning ijodiy rivojlantirilishi sifatida talqin etildi. «Madaniy inqilob» deb atalgan siyosat (1966—76)ni uyushtirdi, bu Xitoy ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga jiddiy zarar yetkazdi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые