Manzura — Oyijonim

Ko`tarib dunyoning dardin,
Topolmayin goh o`z qadrin,
Shunda ham bolam deb yashar U.

Onaning yuragi vayron
Bo`lsada sezdirmas bir on,
Bolam deb bo`lguvchi qurbon U.
Ne kunlar ko`rsa ham illo,
Boridan bo`lsa ham judo
Va yana bo`lguvchi fido – U.

Har bir bolasin baxtini ko`zlar,
Shu bir baxt uchun bir umr bo`zlar,
Dardin goh o`zi o`ziga so`zlar U.
Hatto dunyodan so`ramay dunyo,
Haqqa suyanib, qilguvchi u duo,
Mitti qalbida mehri bir daryo – U.

Oyijonim, sizni doim
Sog`-u omon ko`rsam edi, ey.
Oyijonim, qani doim
Yoningizda bo`lsam edi.

Yashnamay goh ko`ngil bog`i,
Kuydirib farzandning dog`i,
U ko`rgan dardlar adog`i yo`q.
Shunda ham ko`tarmay isyon,
Sabriga suyanar har on,
Men uchun eng aziz inson – U.

Har bir bolasin baxtini ko`zlar,
Shu bir baxt uchun bir umr bo`zlar,
Dardin goh o`zi o`ziga so`zlar U.
Hatto dunyodan so`ramay dunyo,
Haqqa suyanib, qilguvchi u duo,
Mitti qalbida mehri bir daryo – U.

Oyijonim, sizni doim
Sog`-u omon ko`rsam edi, ey.
Oyijonim, qani doim
Yoningizda bo`lsam edi.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x