MANSABDOR SHAXS FUQARONI SO‘KISHGA HAQLIMI.

MANSABDOR SHAXS FUQARONI SO‘KISHGA HAQLIMI.

⚡️ Savol; Men bir tashkilotga ishim tushib borganimda tashkilot rahbari meni ko‘pchilikni oldida so‘kib jirkib tashladi. Uni shunga haqqi bormi ?

🤔 Shu savolni yuristlarimiz menga tashlab berishganda miyyamga ming xil xayol keldi. O‘sha xayollarni ichidagi eng yuvoshi bilan javob bermoqchiman.

⚡️ Javob; O‘sha sizni so‘kib jirkib bergan rahbarga xechkim so‘kish uchun vakolat bermagan va bermaydiyam. Bu savolga javob topish uchun yurist bo‘lish xam shart emas. Masalan qonunchilikda amaldorlar fuqaroni so‘kishi mumkin, Ichki ishlar hodimlari 18 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan shaxslarni so‘kishi mumkin, Prokurorlar qirq va undan katta yoshdagi fuqarolarni so‘kishi mumkin, FXDYO bo‘limlari faqat ayollarni so‘kadi, hokimlar esa xar qanday yoshdagi shaxslarni so‘kishi mumkin deb belgilab qo‘ymaydiku.

📃 Sizda kuzatilgan bu holat haqorat qilish degan normaga to‘g‘ri keladi va bu bo‘yicha o‘sha mansabdor atalmish vallomatga MJTK (41-modda) xamda JK (140-modda) bo‘yicha javobgarlik bor.

❗️ Afsuski o‘zimiz o‘zimizni shaxsiyatimizga tegishli bo‘lgan huquqlarimizni xam bilmasligimiz ularga imkon yaratib beyabdi yoki masabdorlarga kelganda salgina qonunlarimizni xam boshi aylanib qolyaptimikan…

✏️ Xullas janob o‘sha amaldor ! Samalyotni boshqarib ketayotgan bo‘lsangiz xam oyog‘ingiz yerdan uzilmasin og‘ayni. Bir kun kelib baribir yerga tushasiz. Yo o‘zingiz bilib tushasiz yoki yoqilg‘ingiz tugab yomon tushasiz. Shuning uchun unib-o‘sib go‘yoki pishib yetilishingizga tomiringizdan namlik borib turganligi sababligini unutmang. Shu xalq sizni tanasida tutib turibdi. Boshingizdan yog‘ayotgan yomg‘irlar vaqtincha sizga xuzur bag‘ishlashi mumkin lekin, ildizingizdan uzilsangiz yerga tushib chirindiga aylanib ketasiz…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x