Mannon Uyg‘ur

Tarjimai hol

Mannon Uyg‘ur — atoqli o‘zbek teatri arbobi, rejissyor, aktyor, tarjimon, dramaturg, pedagog, o‘zbek teatri va o‘zbek milliy teatr maktabi asoschilaridan biri. Hamza nomidagi O‘zbek davlat akademik drama teatrini tashkil etgan va umrining oxirigacha shu yerda faoliyat yuritgan.

U bilan birga jamoaning eng yaxshi professional va axloqiy an’analari, uning axloqiy dasturi asosida paydo bo‘ldi. Uyg‘ur aktyor va rejissyorlar, ajoyib sahna ustalarining bir avlodigagina saboq bermagan, ular o‘zbek milliy sahna san’atiga shuhrat olib kelib, uning g‘ururiga aylangan. O‘quvchilari qatorida A. Hidoyatov, S. Eshonto‘rayeva, Sh. Burxonov, N. Rahimov, A. Xo‘jayev, L. Nazrullayev, Z. Hidoyatova, Z. Sadriyeva… Uyg‘urning truppasi aktyorlik shaxsiyatining turli qarashlari asosida shakllangan. U truppani “jamlagan” va unga boshqa havaskor, shaxsiy teatrlardan iqtidorli yosh insonlarni taklif etgan. U jamoani to‘plab, ardoqladi va Hamza nomidagi teatrning birinchi avlodini badiiy cho‘qqilarga olib chiqdi.

Uyg‘urda rejissyorning uchta asosiy jihati — murabbiy, sahnalashtiruvchi, rahbar kabilar uzviy ravishda uyg‘un edi.

Murabbiy sifatida Uyg‘ur aktyorlarni birin-ketin katta dramaturgiya aylanasiga olib kirgan. Uning eng yaxshi sahna asarlari — Shekspir asarlari hamda tarixiy spektakllar — yirik shakldagi teatrlar uchun moslangan. Biroq, uning aktyorlik san’ati borasidagi qarashlari mazkur yo‘nalish doirasida cheklanib qolmagan. U kasbning barcha qirralarini, timsollarni keng janr diapazonida gavdalantirishga o‘rgatgan — turmush bilan bog‘liq komediyalardan yuqori fojiagacha. Aktyorlar bilan ish jarayoni tajribaviy tus olish hollari ham ko‘p kuzatilgan. Bir spektaklda, bir tamoshada va bir rolni ikkita har xil aktyor ijro eta olgan. Ko‘pincha bir aktyor ikkita yoki uchta rolni ham ijro etgan; yosh aktyorlar yoshi kattalarni rolini ijro etish holatlari ham ko‘p uchrab turgan. Bu kabi tadqiqotlarning sababi aniq — aktyorlik shaxsiyatining zaxirasini namoyon etish, aktyorlarni odatiy qotib qolishlardan saqlash.

Uyg‘ur sahna texnikasiga katta ahamiyat qaratgan, har bir imo-ishora sayqaliga, sahnaning jonliligiga — aktyorlar imo-ishorasi, harakati, so‘ziga astoydil erishgan. Uning sevimli aktyori Abror Hidoyatov haqida “qad rostlash qiroli”, deb bejiz aytishmagan. “Agar sahnada tamoshabinlarga teskari tursang, sening yelkang rol ijro etaversin”, derdi Uyg‘ur mashhulotlar vaqtida.

Uyg‘urning ijodiy laboratoriyasidagi mashg‘ulotlar alohida o‘ringa ega bo‘lgan. U sahnada jaranglayotgan so‘zga katta e’tibor qaratgan. O‘zbek tilini yaxshi bilgan Uyg‘ur juda boy adabiy tilda so‘zlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, sahna asarlarini yozgan va tarjima qilgan. Hatto, artistlik tahallusini tanlashda ham uning til bilish qobiliyati namoyon bo‘lgan. Yoshligidayoq Mannon Majidov o‘ziga Uyg‘ur tahallusini tanlagan. Uyg‘ur — arxaizm, eski o‘zbek tilidan tarjima qilganda “uyg‘onish” ma’nosini anglatadi. Shu bilan birga, jadidlarning ma’naviy intilishlari ruhida.

Uyg‘ur maktabini o‘tagan aktyorlar ajoyib toza nutqi, boy talaffuz ranglari bilan ajralgan. Shukur Burxonov eslaydi: “U tunu-kun teatrda band edi. Hatto, boshqalar sahnada asar qo‘ygan vaqtida ham, ular bilan birga spektakllarga rejissyorlik qilgan. U arzimas xatolarga ham tanbeh berardi, ehtimol, noto‘g‘ri talaffuz qilingan harf orqali u bizga haqiqiy o‘zbek tilini o‘rgatgan. U bizga aktyor o‘zini sahnada qanday tutishi, gapirishi, to‘xtamlarga rioya qilishi kerakligini ko‘rsatdi… Garchi, teatr ilmiga ega bo‘lmasamda, yuzlab rollar ijro etdim. Uyg‘urning qo‘lida o‘qiganim, uning maktabini o‘taganimdan g‘ururlanish va xursand bo‘lishdan to‘xtamayman”. So‘nggi so‘zlarimni ko‘plab aktyorlar takrorlashi mumkin.

Sahnalashtiruvchi sifatida Uyg‘ur ko‘plab spektakllar qo‘ydi. Ko‘plari yigirmanchi yillar boshiga to‘g‘ri keladi — u paytlar yigirmatagacha spektakllar qo‘yardi. Ularning nomukammalligini tasavvur qilish oson — havaskor-aktyorlar bilan, noqulay shoroitlarda… Lekin uning ahamiyati tajribali rejissyor uchun ham, yosh o‘zbek teatri uchun ham, shubhasiz, birday muhim. O‘sha yillar Uyg‘ur G‘. Yunus, G‘. Zafariy, A. Qodiriy, Fitrat, Hamza, M. Behbudiy, Cho‘lpan, A. Avloniy, A. Badriy, Xurshid kabilarning sahna asarlarini qo‘ygan, deyarli barchasi o‘sha davrlarda yozilgan o‘zbek tilidagi sahna asarlari… 1921 yil G‘.Zafariyning “Halima” nomli birinchi o‘zbek musiqiy dramasini qo‘ygan.

Ilk qadamlaridanoq, rejissyor Uyg‘ur muntazam ravishda tarjimaviy adabiyot, dramaturgiyaga ham murojaat qiladi. Masalan, uning 20-yillar boshidagi ozarbayjon yozuvchisi X.Javidning “Shayh Sanan” va “Iblis” sahna asarlari asosida qo‘ygan spektakallari katta muvaffaqiyat qozongan. Keyinroq, yosh o‘zbek teatri qanday bo‘lishi kerak, savoliga javob izlab, spektakl shakli borasida tadqiqotlar olib boradi, “Xudjum” spektaklida ovrupa timsoli va o‘zbek xalq masxarabozlar teatri an’analarining umumlashuv yo‘llarini izlaydi.

1932 yil unga O‘zbekiston Xalq artisti unvoni beriladi.

1935 yil Mannon Uyg‘urning orzusi ro‘yobga chiqadi, 20-yil o‘rtalarida o‘ylab yurgan rejasi, Shekspirning “Gamlet” asarini sahnalashtiradi. Tarjima Cho‘lpon tomonidan Uyg‘urning teatr qarashlarini inobatga olingan holda qilingan.

2001 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan, Mannon Uyg‘ur “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan (o‘limidan so‘ng).

                                            

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x