MANGʻISHLOQ QOʻLTIGʻI — Kaspiy dengizining sharqiy qirgʻogʻida, Boʻzachi va Tubqaragʻan ya. o. lari oraligʻida. Jan. qirgʻoqlari baland, qoyali, sharqi pasttekistlik. Shim. sayoz qismida Tyuleniy o. lari bor. Uz. 100 km chamasida, eni kiraverish qismida 70 km, chuq. 10—12 m. Qishda muzlaydi.