MANAS CHOʻQQISI — Talas Olatovi tizmasidagi choʻqqi. Tizmaning gʻarbiy qismida, Qirgʻiziston Respublikasi hududvda joylashgan. Bal. 4484 m. Perm — trias davrining granitoidlari, porfirit va b. dan tashkil topgan. Choʻqqining yon bagʻirlari tik, muzliklar b-n qoplangan. Relyefi kuchli parchalangan. Muzliklar bilan qoplangan karr va sirklar choʻqqining relyefini murakkablashtiradi. Yon bagʻirlaridagi alp va subalp oʻtloqlardan yaylov sifatida foydalaniladi. Manas choʻqqisi kirgiz eposi qahramoni Manas nomiga qoʻyilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые