MANAGUA

MANAGUANikaragua poytaxti, mamlakatning sanoat va madaniy markazi. Managua koʻlining jan.-sharqiy sohilida, 60 m balandliqda joylashgan. Iqlimi tropik iqlim, oʻrtacha yillik t-ra 27°. Yiliga oʻrtacha 1210 mm yogʻin yogʻadi. Atrofidagi shaharlar bilan mustaqil maʼmuriy birlik — milliy okrugni tashkil etadi. Aholisi 1,2 mln. kishidan ziyod (1990-y. lar oxiri).

Managuaga ispanlar tomonidan indeyslar qishlogʻi oʻrnida asos solingan. 1846-y. dan shahar maqomini olgan. 1858-y. dan Nikaragua poytaxti. 1912—25 va 1926 — 33 y. larda shaharni AQSH qoʻshinlari ishgʻol qilib turgan.

Managua shahridagi zamonaviy binolar.

Managua — t. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Panamerika shossesi shaharni Meksika shaharlari va Markaziy Amerika davlatlari poytaxtlari bilan bogʻlaydi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Managuada koʻn-poyabzal, toʻqimachilik, kimyo, oziqovqat, metallsozlik, mebel, sement sanoati korxonalari mavjud. Shahar yaqinida neftni qayta ishlash z-di joylashgan. Managuada Markaziy Amerika unti boʻlimi, Milliy un-t fakultetlari, texnika in-ti, milliy arxiv, milliy muzey, milliy teatr bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan Milliy saroy, ratusha, sobor saqlangan. Zamonaviy binolardan Prezident saroyi, vakolatxonalar, hukumat bi-nolari, mehmonxona qurilgan. Shahardan 22 km sharkda Tipitapa balneologik kurorti joylashgan. Shahar 3 marotaba (1885, 1931, 1972) kuchli zil-zyladan vayron boʻlib, qayta tiklangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x