MA’MURIY JARIMANI 15 KUN ICHIDA TO‘LAGAN MA’QUL.

MA’MURIY JARIMANI 15 KUN ICHIDA TO‘LAGAN MA’QUL.

SAVOL; 15 kun ichida ma’muriy jarimani 70 foizini to‘lasam qolgan 30 foizini to‘lamasligim mumkinligini eshitdim shu to‘g‘rimi ?

JAVOB; Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 332-1 moddasiga ko‘ra, huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o‘n besh kun ichida jarima miqdorining yetmish foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinishi belgilangan.

❗️Ushbu chegirma quyidagi holatlarga nisbatan tadbiq etilmaydi;

ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun sud tomonidan jarima solinganda;
jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;
xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda.

✏️ Bu nima degani ?
Bu yerda agar ma’muriy jarima Sizga suddan tashqari qaysi organ tomonidan tayinlangan bo‘lsa xam 15 kun ichida jarimani 70 foizini to‘lasangiz bo‘ldi qolganidan kechmisham.
Agar jarimani sud tayinlasa 100 foiz to‘laysiz qolganidan kechmisham…

❗️Shu joyida masalani alohida e’tibor qaratish kerak bo‘lgan nuqtasi bor! Ya’ni, Sizga ixtiyoriy to‘lash uchun 15 kun vaqt berildi lekin, jarima qog‘ozi Sizga 15 kun o‘tib bo‘lganidan keyin yetib keldi nima bo‘ladi ? Yuqoridagi 332-1 moddada QAROR TOPSHIRILGAN KUNDAN boshlab degan joyi bor. Xa yendi muddat o‘tib ketibdi deb indamay borib to‘layvermasdan qaror Sizga qachon yetib kelganligini inobatga olishini talab qilishingiz kerak.

❗️Qonunni bilmaslik jarimalardan ozod qilmaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x