MAMLUKLAR DAVLATI

MAMLUKLAR DAVLATI — Misrda (1250—1517) va Suriyada (1516-y. gacha) oʻrta asrlarda mamluklar sulolasi boshqargan davlat. 1250-y. mamluk harbiy boshliqlari ayyubiylarnj taxtdan agdarib hokimiyatni qoʻlga kiritgan. Mamluklarning 2 sulolasi maʼlum: Bahriylar (asosan, turkiy qavmlardan boʻlib 1250—1390-y. larda hukmronlik qilgan) va Burjiylar (asosan, kavkazliklar 1390—1517-y. larda hukmronlik qilgan). Mamluklar (ularning soni 9 — 12 mingga yetgan) 24 ta bey qoʻmondonligi ostida xizmat qilishgan. Ushbu beylar yirik mulkdorlar boʻlib, eng yaxshi yerlar, davlatning hunarmandchilik korxonalari, bojxonalardan keladigan daromadlar va b. ga egalik qilganlar. Mamluklar davrida, 13—14-a. larda davlat boshqaruvi tizimi isloh qilingan, sunʼiy sugʻorish tizimi yaxshilangan, madaniyatning yuksalishi kuzatilgan. Mamluklar ilgari davrlarda shakllangan harbiylen tizimini saqlab qolganlar.

13-a. da mamluklar qushini moʻgʻullarni tormor etadilar (1260-y. 3 sent. dagi Ayn-Jolut jangi), salibchilarni Falastin va Suriyadan siqib chiqarganlar (1268), ismoiliilar — hashshoshiylarni tormor keltirganlar (1273). Mamluklar davlatining eng yirik sultonlari: Oybek (1250-57), Beybars I (1260-77), Qalovun (1279—90), Barsbey (1422—38), Gʻuriy (1501 — 16). 1516—17 y. larda turk sultoni Salim I qoʻshinlari Suriya, Misr va Falastinni bosib olib, Mamluklar davlatini tugatgan. Turklar bosqinidan keyin Misrdagi yerlarning bir qismi mamluk zodagonlariga qoldirilgan, buni evaziga ular Qohiradagi turk poshosiga oʻlpon toʻlashlari lozim boʻlgan. 17-a. oxiridan Usmonli turk imperiyashning zaiflashuvi oqibatida mamluklar amalda oʻz hukmronliklarini tiklashgan. Faqat Misr poshosi Muhammad Ali (1805—48 y. larda hokimlik qilgan) davridagina mamluklardan yerlar tortib olingan, 1811-y. esa mamluk beylari yoppasiga qirib tashlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x