MAMATXONOV Yahyoxon (1914.21.12, Kuva tumani — 2001.25.8, Fargʻona) — Uzbekiston xalq artisti (1955). Oʻzbek davlat musiqali drama teatri krshidagi studiyada taʼlim olgan (1930—32). 1932—34 y. lar shu teatrda aktyor. 1934-y. dan Fargʻona viloyat musiqali drama va komediya teatri aktyori (1948—64 y. lar direktori). Spektakllarda yetakchi qahramon, ayni vaqtda, choʻrtkesar, oʻjar tabiatli kishilar obrazini yaratishda kuchli dramatizm, bosiq harakatlar, past ovoz va bamaylixotirlik bilan ifoda etish uning ijodiga xos. Solihboy («Boy ila xizmatchi»), xon Boboxon («Tohir va Zuxra»), Navoiy («Alisher Navoiy»), Hamza («Hamza»), Muqimiy («Mavlono Muqimiy»), Yusufbek hoji («Utgan kunlar») va b. uning sahnada yaratgan eng yaxshi obrazlaridir. Klnoda Toshmatov («Opasingil Rahmonovalar»), Orif ota («Stadionda uchrashamiz»), Ahmedov («Alangali yillar») kabi rollarni, «Navoiy» videofilmida esa Lutfiyni ijro etgan. «Nodira» (S. Qosimov b-n birgalikda), «Boqi va Soki», «Meli habbonu Nabi tovon» kabi musiqali drama va komediyalarni yozgan. «Yor, diyor madhi» adabiy musiqali kompozitsiya va bir qancha qoʻshiqlar muallifi. «Uch soz» sheʼriy toʻplami nashr etilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые