Mamarasul Boboyev (1911–1969)

Mamarasul Boboyev 1911 yili Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon shahrida tugʻildi. Dastlabki maʼlumotni Navoiy nomli maktabda olgach, 1927 yilda Buxoro qishloq xoʻjalik texnikumiga oʻqishga kirdi.

1934–1938 yillarda Toshkent Davlat pedagogika instituti til va adabiyot fakultetining sirtqi boʻlimida tahsil oldi. 1941–1946 yillarda Ikkinchi jahon urushida qatnashdi.

1939 yil Mamarasul Boboyevning “Guliston” jurnalida “Ulugʻbek” nomli tarixiy dostoni bosilib chiqdi. Xuddi shu yili “Vatan shaʼniga” nomli sheʼriy majmuasi ham chop etildi. Shundan soʻng uning “Shodiyona” (1950), “Quyosh yoʻli” (1951), “Sevgan qoʻshiqlarim” (1956), “Ota quvonchi” (1959), “Yangra, rubob”, “Ayni yoz” (1961), “Yuragimning aytganlari” (1963), “Umrim qoʻshiqlari” (1968) singari qator sheʼriy kitoblari, shuningdek, “Ona qalbi”, “Bogʻbon” dostonlari, “Yevropa balladalari” turkumi dunyoga keldi. Shoir vafotidan keyin “Shabada va yaproqlar” (1971), “Tanlangan asarlar” (ikki tomlik, 1975) kitoblari nashr etildi. Uning “Eron osmoni ostida”, “Janubiy nuqtada” nomli turkum sheʼrlari xorijiy Sharq mavzuidagi badiiy barkamol asarlar sirasiga kiradi.

Mamarasul Boboyev tarjimon sifatida Musa Jalilning mashhur “Maobit daftari”ni, Mixail Lermontovning “Demon” poemasini va yana A. Pushkin, N. Nekrasov, K. Simonov, S. Vurgʻun, R. Hamzatov, Q. Quliyev, S. Kaputikyan, O. Tumanyan kabi shoirlarning qator asarlarini ona tilimizga mahorat bilan oʻgirdi.

 

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti 2016) kitobidan.

https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/mamarasul-boboyev-1911-1969/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x