MALOV Sergey Yefimovich

MALOV Sergey Yefimovich (1880.4.1, Qozon — 1957.6.9, Leningrad) — turkiyshunos olim. FA muxbir aʼzosi (1939), Peterburg unti sharqshunoslik f-tida oʻqigan (1904—09), N. F. Katanov va V. V. RoElovlarning shogirdi sifatida turkiy xalqlarning tarixi, tili, ogʻzaki ijodiyoti hamda etnografiyasi bilan jiddiy shugʻullangan. Fapbiy va Markaziy Xitoy (Sinszyan va Gansu viloyatlari)da yashovchi uygurlar tili va shevalari ustida olib borgan tadqiqotlari (1909—11; 1913—15)diqqatga sazovor. Malov «Qadimgi turkiy yozuvi yodgorliklari. Matnlar va tarjimalar» (1952), «Uygʻur tili. Homiy lahjasi. Matnlar, tarjimalar, lugat» (1954), «Sinszyan viloyatining uygʻur lahjalari. Matnlar, tarjimalar, lugʻat» (1961), «Lobnor tili, Matnlar, tarjimalar, lugat» (1955), «Sariq uygurlar tili. Lugʻat va grammatika» (1957), «Sariq uygʻurlar tili. Matnlar va tarjimalar» (1967) kabi asarlar muallifi. Malov Radlov bilan hamkorlikda qad. uygʻur qoʻlyozmasi «Oltin yoruq» («Suvarrahhasa»)HH topdi va eʼlon qildi. Uning «Turklarning Yenisey yozuvi» (1952) nomli kitobi xalqlarimiz oʻtmishi, tillari tarixini oʻrganishda muhim manba hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x