MALIK ULKALOM (arab. — soʻz pod-shosi) — ijodkorning yuksak krbiliyati, badiiy-poetik mahorati va shuhratini eʼtirof etish, uning oʻz davri, zamondoshlari adabiy muhitida tutgan yetakchi mavqei, obroʻ-eʼtiborini koʻrsatish uchun qoʻllangan unvon. M. ulk. soʻz sanʼatida oʻta yuksak marralarga, ijod choʻqqilariga koʻtarilgan, oʻziga zamondosh va halaf ijodkorlar uchun ustoz darajasiga yetgan soʻz sanʼ-atkorlaridir. Shu maʼnoda Alisher Navoiy keksa zamondoshi Mavlono Lutfiyni shu unvonga loyiq koʻrgan va «Majolis unnafois» tazkirasida «Mavlono Lutfiy oʻz zamonasining malik ulkalomi erdi. Forsiy va turkiyda benazir erdi», deb qayd qilgan edi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые