MALE

MALEMaldiv Respublikasi poytaxti, Male o. da. Aholisi 55 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Iqlimi ekvatorial, mussonli iqlim, oʻrtacha oylik t-ra 24—30°, yiliga 250° mm gacha yogʻin yogʻadi.

Male — tarixiy shahar. Arab sayyohi Ibn Battuta 1342-y. da Maleda boʻlib, uning yirik shahar ekanligini yozgan. 16-a. da Maleda portugallar hukmronlik kilgan. 1857-y. da Angliya bosib olgan. 1965-y. iyuldan Maldiv davlati poytaxti. Male — mamlakatning iqtisodiy, madaniy va savdo markazi. Male porti orqali chetga quritilgan baliq, kokos yongʻogʻi, kopra chiqariladi. Havo va suv yoʻllari orqali Kolombo sh. bilan bogʻlangan. Maleda baliq ovlash kemalari, zargarlik buyumlari ishlab chiqariladi. Tikuvchilik f-kasi, baliq konserva qilish z-di mavjud. Abu al-Barakat maqbarasi, sulton saroyi (hoz. muzey) bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x