MALAKKA BOʻGʻOZI — Malakka ya. o. bilan Sumatra o. oʻrtasidagi boʻgʻoz. Andaman va Jan. Xitoy dengizlarini birlashtirib turadi. Uz. 937 km, eng kambar joyining kengligi 15 km, eng sayoz joyining chukurligi farvaterida 12 m. Boʻgʻozga jan. tomondan kiraverishda Singapur porti joylashgan.