DO`STLARGA ULASHING:
Qayd etilishicha, maktab ta’tillarini o‘zgartirish bo‘yicha takliflar avval ham bildirilgan. Biroq amaldagi davlat ta’lim standartlari o‘quvchilarning o‘zlashtirish imkoniyati va psixologiyasiga moslashtirilgan holda ishlab chiqilgani bois ular qabul qilinmagan. Uzluksiz 4-5 oy davomida ta’lim olish, ya’ni qaysidir ta’tilni bekor qilish evaziga boshqasining uzaytirilishi o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlarini o‘zlashtirishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
O‘quvchilarning ta’til vaqtlari, dars mashg‘ulotlari davomiyligi amaldagi sanitariya me’yorlari asosida Vazirlar mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq belgilangan. Ta’til vaqtlarini o‘zgartirish bo‘yicha bildirilayotgan takliflarga javoban maktabni isitishdan ko‘ra sovitishga ko‘proq energiya resurslari talab etilishi ma’lum qilindi.
Joriy yilda 27 dekabr sanasi yakshanba kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli ikkinchi chorakning so‘nggi o‘qish kuni, ya’ni qishki ta’til boshlang‘ich sinflarda 25 dekabr (juma), yuqori sinflarga 26 dekabr (shanba) kunidan boshlanadi, deyiladi xabarda.