MAKTABGACHA YoSHDAGI BOLALAR PEDAGOGIKASI — pedagogikattg maktabgacha yoshdagi bolalarga tarbiya berish hamda ularning shaxsiyatini shakllantirish qonuniyatlari, tamoyillari, vositalari, shakl, usul va metodlarini oʻrganuvchi sohasi. Maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasi bola psixologiyasi, yosh anatomiyasi va fiziologiyasi, tibbiyot, gigiyena, shuningdek, tilshunoslik, nafosat tarbiyasi, axloq fanlari bilan uzviy bogʻliq. 19-a. ning 2-yarmida umumiy ped. dan ajralib chiqqan. Bu bir tomondan yosh psixologiyasining rivojlanishi va ilmning alohida tarmogʻi sifatida namoyon boʻlishi bilan bogʻliq boʻlsa, ikkinchi tomondan ayollarning f-ka va z-dlarga jalb etilishi natijasida bolalar muassasalarining vujudga kelishi bilan izoxlanadi. Ingliz utopik sotsialisti R. Ouen birinchi boʻlib bolalarga ilk yoshdan ijtimoiy tarbiya berish gʻoyasini asoslab berdi va proletar bolalari uchun maktabgacha yoshdagi bolalar muassasasini ochdi. Xuddi shu vaqtdan boshlab Maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasi fanning maxsus tarmogʻi sifatida shakllandi va rivojlana boshladi. 20-a. boshlarida erkin tarbiya jarayonida bola shaxsiyatini rivojlantirish gʻoyasi keng tarqaldi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasining asosiy vazifasi — maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashning mazmun, shakl va metodlarini ishlab chiqishdan iborat. Maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasining metodologik asosini dialektik bilish nazariyasi xamda shaxsning evolyutsion tarzda taraqqiy etish qonuniyatlari, OʻzRning 1997-y. gi «Taʼlim toʻgrisida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy lasturi», oʻzbek xalqining maʼnaviy-axloqiy merosi hamda bola tarbiismga oid tarixiy tajribasi, il-gor mamlakatlardagi pedagogik qarashlar, ped., psixologiya, falsafa, etika, estetika, tilshunoslik, tibbi-yot, odam fiziologiyasi va gigiyenasi, antropologiya kabi fanlarning ilmiy asoslari, xulosalari xamda qonuniyatlari tashkil qiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasidan tadqiqotlar kuzatish, pedagogik tajriba, suhbat, hujjatlarni oʻrganish, bolalar faoliyati maxsulini taviil qilish metodlari orqali amalga oshiriladi. Bu metodlar asosida tadqiqotlar mazkur soxa bilan shugʻullanuvchi tadqiqotchi va tarbiyachilar tomonidan olib boriladi. Har bir kuzatish jarayoni batafsil yoziladi va ilmiy jihatdan taxlil qilinadi. Pedagogik tajribada birinchi navbatda bola, uning rivojlanishi uchun yaratiladigan pedagogik shart-sharoitlar nazarda tutiladi. Pedagogik tajriba ehtiyotkorlik b-n obyektiv ravishla olib borilganlagina amalga oshiriladigan tadqiqot natijalarining obyektivligini taʼminlash imkoniyati tugʻiladi. Suhbat metodi u yoki bu bolani, yoki bir gurux. bolalarni yaxshiroq oʻrganish imkonini yaratadi, taʼlimtarbiya jarayonida yoʻl qoʻyilgan xatolar aniqlanadi. Bolalar bilan suhbat ularning qiziqishlarini, nutqidagi oʻziga xoslikni, atrof muhit hamda kishilarga munosabatini aniqlashga yordam beradi. Hujjatlar, yaʼni bogʻcha va aloqida tarbiyachilarning reja va hisobotlarini urganish xam nazariy xulosalar chiqariisha muhim axamiyatga ega. Shu bilan birga mazkur hujjatlar maktabgacha taʼlim muassasalaridagi tashkiliy ishlar xaqida aniq xulosalar chiqarish imkonini yaratadi. Ushbu xulosalar uz navbatida tarbiya usullarini kashf etishga yordam beradi. Bolalar faoliyati mahsulini tahlil qilish metodi Maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasining muhim ta-dqiqot metolilir. Bolalar faoliyati taxlili ularni shakllantirishda juda yamii natijalar beradi.
Oʻzbekistonda Maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasi masalalari Oʻzbekiston ped. fanlari i. t. instituti, Toshkent ped. unti va b. ilmiy ta-dqiqot muassasalarida ishlab chiqiladi. Jumlalan, 1996-2000-y. larda Oʻzbekiston ped. fanlari i. t. instituti tomonidan amalga oshirilgan maktabgacha taʼlim jarayenining mazmunini yangilashga yoʻnaltirilgan bir kator tadqiqotlar, xususan, «Maktabgacha yoshdagi bolalarning tayyorgarlik darajasiga qoʻyilgan davlat talablari», «Uchinchi ming yillik bolasi» kabi tayanch das-turlarning yaratilishi diqqatga sazovor.
Maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasida amalga oshirilgan tadqiqotlarning eng muhimi sensor tarbiya tizimi nazariy asoslarining yaratilganligidir. Chunki sensor tarbiyaning asosiy maqsadi bolalar faoliyatining har xil turlarini amalga oshirish jarayonila uning sensor qobiliyatini taraqqiy ettirishdan iborat.
Rohatoy Safarova, Laylo Shermamatova.