🔰Umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) psixologlari o‘quvchilarni muassasalarda tarbiyalash va o‘qitish jarayonida ruhiy, jismoniy (somatik) va ijtimoiy farovonligini muhofaza qilishga yo‘naltirilgan kasbiy faoliyatni amalga oshirib, ular quyidagi hujjatlarni yuritishi kerak:
1. Yillik rejasi va hisobotlari;
2. Darslarni kuzatish yuzasidan psixologik tahlil va tavsiyalar;
3. Psixologik profilaktik ishlarini qayd etish daftari;
4. Individual va guruhiy psixologik-pedagogik tashxis ishlarini qayd etish daftari;
5. Korreksion-rivojlantiruvchi mashg‘ulotlarni qayd etish daftari;
6. Voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik, huquqbuzarlik va o‘z joniga qasd qilishni oldini olish bo‘yicha ish rejasi va hisobotlar;
7. Psixologning individual va guruhiy maslahatlarni qayd etish daftari;
8. Kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi va hisobotlar.
Eslatib o‘tamiz, umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) psixologlarining ish hujjatlari Respublika tashxis markazining 2020 yil 29 sentabrdagi 01/10-01-256-sonli xatiga asosan 27 ta papkadan 8 taga qisqartirilib, ixchamlashtirilgan.
Maqola yoqdimi! Uni tezroq do’stlaringizga ma’lum qiling: