MAKMILLAN (Mcmillan) Edvin Mattison (1907.18.9, Redondo Bich, Kaliforniya shtati — 1991) — amerikalik fizik, AQSH Milliy FA aʼzosi (1947-y. dan). Kaliforniya texnologiya intini tugatgan (1928). 1935-y. dan Berkli sh. dagi Kaliforniya untida ishlagan (1946-y. dan shu un-t Radiatsiya laboratoriyasi prof., 1958—71 y. larda direktori). Ilmiy ishlari yadro fizikasi, tezlatkichlar texnikasi va yuqori energiyalar fizikasiga oid. Amerikalik fizik F. X. Eyblson bilan xamkorlikda birinchi transuran element — neptuniyni sintez qilgan (1940); plutoniyni ochilishida ishtirok etgan. VM. Veksleraan mustaqil qolda zaryadlangan zarralarni tezlatishning yangi prinsipi — avtofazalash prinsipini kashf qilgan (1945). Nobel mukofoti laureati (1951; G. T. Siborg bilan xamkorlikda).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые