MAKENZI, Makkenzi — Kanadaning shim.-gʻarbidagi dare. Katta Qullar koʻlidan boshlanib, Makenzi pasttekisligidan oqadi va Shim. Muz oke-anining Bofort dengiziga quyiladi. Uz. 1770 km, Pisriver irmogʻi bilan birga 4250 km, havzasining maydoni (Katta Qullar koʻli havzasiga kiruvchi Qullar, Pisriver va Atabaska daryolari sistemasi bilan birga) 1804 ming km2. Vodiysi botkrklangan, qoraqaragʻay oʻrmonlari bilan qoplangan. Qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Bahor va yozda sersuv boʻladi. Oʻrtacha suv sarfi 11 ming m3/s Okt. dan may oyigacha muzlaydi. 2200 km masofada (deltasi va irmoqlari bilan birga) kema qatnaydi. Shotland savdogari va sayyohi A. Makenzi 1789-y. da daryoning boshlanishidan quyilish joyigacha bosib oʻtgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые