MAKEDON TILI — hindevropa tillar oilasiga kiruvchi jan. slavyan tillaridan biri, Makedoniya Respublikasining rasmiy tili (2 mln. ga yaqin kishi soʻzlashadi). Lahjalari gʻarbiy, sharqiy, shim. guruhlarga boʻlinadi. Adabiy Makedon tilida 5 ta unli fonema (a, o, u, ye, i)dan tashqari, «r» undoshi ham boʻgʻin hosil qiladi. Urgʻusiz boʻgʻinlar reduksiyasi uchramaydi. «X»dan boshqa barcha shovqinli undoshlar jaranglilikjarangsizlik boʻyicha oʻz juftiga ega. Undoshlar qatorida qattiq — yumshoqlik kuzatiladi. Otlarda kelishik qoʻshimchalari yoʻq, sintaktik munosabatlar analitik tarzda ifodalanadi. Feʼllar murakkab zamon shakllari tizimiga ega. Makedon tili alifbosi kirill yozu-vmga, imlosi esa fonetik qonunqoidalarga asoslangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые