MAK-FADDEN (McFadden) Deniyel (1937.29.7, Roli, AQSH) – amerikalik iqtisodchi, Minnesot unti oʻqituvchisi (1957—62), Berklidagi Kaliforniya unti prof. (1968—79), Kembrij (Massachuset texnologiya in-ti) unti kafedra mudiri (1986—88), Kaliforniya unti prof. va kafedra mudiri (1990-y. dan), Ekonometrika lab. direktori (1991— 95 va 1996-y. dan), AQSH Ekonometrika jamiyati prezidenta (1985), Amerika iqtisodiy uyushmasi vitse-prezidenti (1994). Mak-faddenning ilmiy ishlari i. ch. nazariyasi, iqtisodiy tahlil va matematik usullarni iqtisodiyotda qoʻllash, ekonometrika, mikroekonometrika, iqtisodiy oʻsish va rivojlanish, transport, energetika va sogʻliqni saqlash, tashqi muhitni muhofaza qilish iqtisodiyoti va b. zamonaviy mikroiqtisodiy tahlilning nazariy va amaliy muammolariga bagʻishlangan. Nobel mukofoti laureata (2000).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые