MAJIDOV Nabi Majidovich

MAJIDOV Nabi Majidovich (1928.10.12, Toshkent) — nevropatolog olim. Oʻzbekiston FA akad. (2000), Uzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1978), tibbiyot fanlari d-ri (1965), prof. (1966). ToshTIni tugatgach (1952), shu in-t nerv kasalliklari ka-fedrasida klinik ordinator (1952—55), assistent (1955—63), dotsent (1963—66), davolash f-ti dekani (1966-67). N. A. Semashko nomidagi fizioterapiya va kurortologiya i. t. instituta direktori (1982-86). 1966— 98 ylarda 1-ToshTI nevrologiya kafedrasi mudiri. Ayni vaktda Oʻzbekiston Nevrologiya ilmiy markazi direktori (1991—98), «Sihatsalomatlik» (1991— 2000), «Nevrologiya» (1999-y. dan) jur. bosh muharriri. Majidovning ilmiy faoliyati kalla suyagi orqa chu-qurchasining fibrozlovchi surunkali leptomeningiti, xorioependimatitlar etiologiyasi, patogenezi, klinik koʻrinishi, kechishi va davolash muammolarini oʻrganishga bagʻishlangan. U bosh miya qorinchalarining klinik-anatomik xususiyatlarini koʻrsatib berdi. Nerv kasalliklarini davolashda fermentativ preparatlar ishlatishni tavsiya etdi, surunkali leptomeningitlar tasnifini ishlab chiqsi va amaliyotga tadbiq etdi. Tibbiyot in-tlari talabalari uchun nevrologiyadan birinchi darslik va qoʻllanmalar muallifi. Oʻzbekiston nevropatologlari ilmiytibbiy jamiyati raisi (1968-y. dan). Yevrosiyo tibbiyot FA (1994) akad. Bir qancha xalqaro jamiyatlar aʼzosi.

As: Opuxoli golovnogo mozga ganglioz-nokletochnogo proisxojdeniya, 1977; Mumiye-stimulyator regenerativnыx protsessov, T., 1980; Nevrologicheskiye vozzreniya Abu Ali ibn Sinы, T., 1880; Poyasnichnыy osteoxondroz i yego nevrologicheskiye sindromы, T., 1985; Nevropatiya troynichnogo nerva, T., 1991; Profilatik nevrologiya, 1—3-j. lar, T., 1993-98.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x