Mahsulotlarni hazm qilish uchun qancha vaqt kerak?

Mahsulotlarni hazm qilish uchun qancha vaqt kerak?
Suv — bo‘sh oshqozondan ichgan zahoti ichakka tushadi.
Meva, sabzavot sharbatlari 15–20 daqiqada singadi.
Mevalar:
— Tarvuz 20 daqiqada;
— Apelsin, uzum 30 daqiqa;
— Olma, nok, shaftoli, olcha, boshqa yarim shirin mevalar 40 daqiqa. Bu mevalarning 2 yoki 3 xilini 350–500 gramm miqdorida tanovul qilish mumkin.
Xom sabzavotlar — pomidor, salat ko‘kati, bodring, selder, qizil, ko‘k qalampir, boshqa shirali sabzavotlar hazm bo‘lish vaqti 30–40 daqiqa.
Bug‘da yoki suvda pishirilgan sabzavotlar — ko‘kat 40 daqiqa; kabachki, gulkaram, loviya, pishirilgan jo‘xori 45 daqiqada hazm bo‘ladi. Turp, sabzi, lavlagi, boshqa ildizmevali sabzavotlar xazmi uchun 50 daqiqadan kam bo‘lmagan vaqt talab etadi.
Tarkibida kraxmal bo‘lgan sabzavotlar — qovoq bilan kartoshkaning hazm bo‘lishi uchun bir soat atrofida vaqt kerak.
Kraxmalli ovqatlar — guruch, grechka, oqlangan tariq, jo‘xori uni, suli, arpa yormasi o‘rtacha 60–90 daqiqada singadi.
Dukkaklilar — kraxmallar,
proteinlar, loviya, ko‘k no‘xat hazm bo‘lishi uchun 90 daqiqa zarur. Bir kishi uchun ko‘pi bilan 120 gramm ruxsat etiladi.
Urug‘lar:
— Yong‘oqlar, kungaboqar, qovoq, kunjut urug‘lari 2 soat mobaynida singadi. Pistalarning ikki turdagisini 30 grammdan 120 grammgacha iste’mol qilish mumkin.
— Bodom, yeryong‘oq (xomi), yong‘oq hazm bo‘lishi uchun 2,5–3 soat vaqt kerak.
Ulardan faqat bir turdagisini, agar og‘ir jismoniy mehnat bilan band bo‘lmasangiz, 90 grammgacha yeyish mumkin.
Yog‘siz uy pishlog‘i, tvorog, brinza kabi sut maxsulotlari singishi uchun taxminan 90 daqiqa zarur bo‘ladi. Bir marta iste’mol uchun 120–240 gramm kifoya qiladi.
Jonivorlardan olinadigan proteinlar:
— Tuxum sarig‘i 30 daqiqa, butun tuxumga 45 daqiqa ketadi. Bir kunlik me’yor: 1 yoki 2 dona.
— Baliqlar 45–60 daqiqada hazm bo‘ladi. Ko‘pi bilan 180 gramm yeyiladi.
— Jo‘ja 1,5–2 soatda hazm bo‘ladi. Ko‘pi bilan 120 gramm iste’mol qilinadi.
— Kurka go‘shti 2–2,5 soatda singadi. Bir o‘tirishda ko‘pi bilan 120 gramm yeyish mumkin.
— Qo‘y va mol go‘shti 3–4 soatda hazm bo‘ladi. Bir o‘tirishda yeyish miqdori 120 gramm.
Taomlanish ilmi (https://t.me/joinchat/UFtOc0gAG-8iTHN6)
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x