Tarjimai hol
Mahmud ibn Muhammad ibn Umar al Chag‘miniy (yoki al Jag‘miniy), XII—XIII asrlarda yashagan, Ahmad Farg‘oniy va Abu Rayhon Beruniyning ilmiy an’anlarini davom ettirgan. Asli xorazmlik faylasuv, astronom, matematik, jo‘g‘rofiyachi. Chag‘miniyning ilmiy asarlari Sharqda juda mashhur bo‘lsa-da, uning hayoti va ijodi hanuz o‘rganilmagan.
Mahmud ibn Muhammad ibn Umar al Chag‘miniy. Olimning aniq tug‘ilgan yili noma’lum, lekin Xorazmshohlar poytaxti — Kunya Urganchga (Qadimiy Urganch) yaqin yerda, Chag‘minda tug‘ilgani aniq. Ilmiy adabiyotlarda uning vafot etgan sanasi ko‘pincha 1221 yil deb ko‘rsatiladi. Ma’lum bo‘lishicha, XI—XII asrlarda Xorazm jahon ilmiy markazlaridan biri hisoblangan va bu Chag‘miniyning dunyo qarashi rivojlanishida katta rol o‘ynagan.
Boshlang‘ich ma’lumotni u Xorazmda olgan va o‘z bilimlarini mukammallashtirish uchun Samarqandga ketib, ko‘p bilimlarni yuqori darajada egallaydi. Uning asarlarida Beruniyning ustozi Abu Nasr ibn Iroq ko‘r karra esga olinadi. Mahmud al Chag‘miniy o‘z vaqtida matematika, tibbiyot, jo‘g‘rofiya va boshqa ilmiy faoliyatning ko‘plab sohalari ustida ish olib borgan. Uning ilm-fanga qo‘shgan hissasi shu qadar ahamiyatli ediki, Abu Rayhon Beruniydan so‘ng Xorazmning eng yirik ilmiy arbobiga aylangan.
“Mulahhas fi-l-hay’a” asaridan tashqari, al Chag‘miniyning “Muntaxab”, “An makon tis’a fi riyoza”, “Sharx asolib riyozi fi taqsim miros” va boshqa asarlari ham mavjud (tarjimalari quyida keltirilgan).
Uning “Astronomiyaning qisqa bayonoti” O‘rta Osiyo va Eronda juda ommabop bo‘lgan. Risola bo‘laklar, qismlar va samo haqida hikoya qiluvchi muqaddimadan va ikki kitobdan iborat — “Osmon sirti” va “Yer haqida”; Kitoblardan birida al Farg‘oniy, al Xazin va ibn al Haysamlardan so‘ng sayyora orbitasi ta’limoti bayon etilgan. Mazkur risolada gorizontal yassi kuzatuvlar asosida ilk bor tizim joylashuvi batafsil ko‘rib chiqiladi.
Al Chag‘miniyning ilmiy asarlari:
“Mulahhas fi al-hay’a” (Astronomiyaning qisqa bayonoti)
“Muntahab” (“Tanlangan”) — mazkur asarga olim tomonidan ilm-fanning turli sohalaridagi kuzatuvlari kiritilgan.
“An makon tis’a fi riyoza” (“Matematikada 9 sonining o‘rni haqida”).
“Sharh asolib riyozi fi taqsim miros” (“Merosni matematik usulda taqsimla sharhi”) — oxirgi ikki asarda olimning mazkur ilmiy sohadagi matematik ishlanmalariga oid nuqtai nazari va ularning amaliyotda qo‘llanishi, xususan, meros bo‘limida qo‘llanishi bayon etilgan. U Beruniydan so‘ng Xorazm maktabining eng yirik olimi, o‘z ichida XII-XIII asrlardagi ilm-fan yutuqlarini jamlagan ensiklopediyani yaratgan. U Ahmad Farg‘oniy va Beruniylarning ilmiy an’analarini davom ettirgan va avvalam bor, astronomiya sohasida omma e’tiborini qozongan. Uning xizmati qadim yunon va Sharq olimlari, xususan, astronomiyadan Markaziy Osiyo olimlarining asarlarini o‘rganishdan iborat. Chag‘miniy geodeziya va jo‘g‘rofiyaga katta e’tibor qaratgan va fanning ko‘plab sohalariga oid ilmiy muammolarni o‘rganish asosida, muhim falsafiy muammolarni muhokamaga olib chiqqan va u haqdagi o‘z nuqtai nazarini so‘zlagan.
Shu bilan birga, o‘rta asrlar Sharqining ilmiy markazlarida Ali ibn Muhammad ibn Ali Husayn Jurjoniy (1339-1413) hamda Qozi zoda Rumiy (XIV asr oxiri — XV asr boshi)larning sharhlari, Chag‘miniyning astronomiyaga oid ishlari, to‘g‘rirog‘i, astronomiya bilan birga, jo‘g‘rofiyaga oid ma’lumotlarni o‘zida jamlagan “Astronomiyaning qisqa bayonoti”ni o‘rganish bo‘yicha fan kiritilgan. Ular tomonidan al Chag‘miniyning astronomiya sohasidagi ishlariga sharhlar tuzilib, o‘rta asrlar ilmiy markazlarida fan sifatida kiritilgan.
Agar astronomiyadan qishloq xo‘jaligida ham, sayohatlarda ham, savdo karvonlarida foydalanilganligi hisobga olinsa, Chag‘miniy kabi olimlar tomonidan astronomiya bu qadar chuqur o‘rganilganining sababini tushunish mumkin.
Al Chag‘miniy asarlari ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilishda davom etmoqda.