MAHKAMOV Meli (1939.22.11, Tosh-kent) — telerej. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1990). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1963). 1961-y. dan Oʻzbekiston teleradiokompaniyasida ishlaydi. 1990—93 y. lar «Oʻzteleradio» kompaniyasining badiiy rahbari. «Chi-nor» (A. Muxtor), «Hazrati inson» (R. Fayziy), «Xoʻrlanganlar va haqoratlanganlar» (F. Dostoyevskiy), «Soqov xotin» (A. Frans), «Hakim va ajal» (A. Oripov), «Yoqut koʻzli bilaguzuk» (A. Kuprin), «Olmos kamar» (P. Qodirov) kabi 30 dan ortiq telespektakl va videofilmlarni sahnalashtirgan. Ayniqsa, Oybekning «Qutlugʻ qon» romani asosida yaratilgan 7 qismli videofilmi badiiy yetuk va mukammalligi, aktyorlarning yuksak ijro mahorati bilan ajralib turadi. Shuningdek, Mahkamov «Teleminiatyuralar teatri», «Ekran xandasi», «Shanba, nonushtadan soʻng», «Otalar soʻzi — aqlning koʻzi» va b. koʻrsatuvlarning tashkilotchisi va rej. «Hayot quvonchlari va tashvishlari» turkum koʻrsatuvining 1990—92 y. lar televideniye orqali «Navroʻz»ga bagʻishlab ilk bor oʻtkazilgan uzluksiz telemarafonga bosh rej. lik qilgan. Amir Temurning 660-y. ga atab 21 qismli badiiy publitsistik «Temurnoma» (X. Davron bilan birga) videofilmini yaratgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые