Mahdumi A’zam

Tarjimai hol

Mahdumi A’zam — islom mutaxassisi va tasuvvufchi, so’fiylik ta’limoti vakili, “Daxbediya” maktabi asoschisi, yirik nazariyotchi va Naqshbandiy ta’limoti shayhi.

Mahdumi A’zam (Maxdum-i A’zam) 1461 yil (Farg‘ona vodiysi, Kosonsoy tumani) Koson shahrida tavallud topgan. Mahdumi A’zamning kelib chiqishi shaxsan payg‘ambarimiz Muhammad (sav.)ning o‘zlariga borib taqaladi. U mashhur ilohiyotchi va so‘fiychilik ilmi arbobi Burxoniddin Qilichning naslidandir. U haqdagi ma’lumotlar “Jome’ul-maqomat”, “Ravoyixul-quds”, Nasir ad-din ibn amir Muzaffarning “Tuxfatul-zo’irin”, “Tazkirai azizon”, “Xidoyatnoma” kabi manbaalarda saqlanib qolgan.

O‘spirinligida Mahdumi A’zam Toshkentdagi o‘z vaqtining mashhur madrasasida ta’lim olgan. U O‘rta Osiyodagi naqshbandiya ta’limoti izdoshi bo‘lmish Xo‘ja Ahrorning muridi bo‘lgan. Xo‘ja Ahrorning o‘limidan so‘ng u naqshbandiylikning asos tayanchiga aylangan va naqshbandiya ordeni faoliyatini boshqargan Mavlono Muhammad Qozining (922/ 1516 yillar vafot etgan) shogirdi bo‘ladi. Mavlono Muhammad Qozining vafotidan so‘ng naqshbandiylarning murabbiysi Mahdumi A’zam bo‘ladi.

Mahdumi A’zam 1533 yil Farg‘ona viloyatidan Qashqarga keladi. Bu yerda u islom dinini keng targ‘ibot qilish va naqshbandiylik ilmini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. “Tazkerey xo‘jagon” (Xojalarning sarguzashtlari tavsifi) asari muallifi bo‘lmish Muhammad Sodiq Qashg‘ariyning yozishicha, Muhdumi A’zam xalq tomonidan hurmat bilan kutib olingan va qashqar xonlaridan boy uy-joylar olgan. U O‘rta Osiyoga qaytib keladi va 1542 yil Samarqandda vafot etadi.

O‘z vaqtining mashhur insonlari, shu o‘rinda hukmdorlar ham Muhdumi A’zamni o‘zining diniy ustozi deb tan olishgan. Ular orasida Amir Temurning avlodi, shoir va hukmdor Zahiriddin Muhammad Bobur ham bo‘lgan. “Tarixi Rashidiy asarida (Mirzo Muhammad Haydar muallifligidagi) Bobur va Mahdumi A’zam orasida aloqalar haqida qaydlar bor.

Mahdumi A’zam “Risolai Boburiya” asarida Bobur haqida yozgan.

Yirik harbiy arbob, shayboniylar naslidan bo‘lmish Jonibek Sultonning tashabbusi bilan u Miyonqol (Daryolar orqalig‘i) vodiysiga ko‘chib o‘tadi. Bu yerda u umrining oxirigacha, to 1542 yilga qadar yashaydi. O‘rta asr manbaalarida yozilishicha, yangi joyga ko‘chib kelgach, Muhdumi A’zam birinchi navbatda o‘nta majnuntol daraxtini (“daxbet” so‘zining fors tilidan tarjimasi “o‘nta majnuntol” ma’nosini anglatadi) o‘tkazadi. Keyinroq u 20 gektardan ko‘proq yerga juda yirik bog‘ barpo etadi. Ziroatchi va dehqon bo‘lib, u juda kamtarona hayot kechirgan. Unga o‘z vaqtining juda dadil: “Inson din uchun emas, balki din inson uchun yaratilgan” kabi so‘zlari tegishli.

Muhdumi A’zam fors-tojiy tillaridan falsafa, geologiya, huquq kabi sohalarda 30 dan ziyod asarlar yozgan — ularning bir qismi “Majmua ar-Ramoil” nomi ostida jamlangan.

Xoja Mahdumi A’zam naqshbandiya tariqatining yirik nazariyotchisi bo‘lgan va so‘fiylik bo‘yicha ko‘plab asarlar yozgan. So‘fiychilikka bag‘ishlangan asarlar va xotiralar orasida uning ijodi muhim o‘rin egallaydi. Islom va so‘fiychilik, xudojo‘ylik, axloq, falsafa, adabiyot va tarixning nazariy va amaliy muammolari bo‘yicha 30 ga yaqin kitob, nizom va maktublar yozgan. Ulardan ko‘plari “Majmua ar-Rasoil” (Risolalar to‘plami) nomi ostidagi umumiy to‘plamdan joy olgan. O‘zbekiston FA Sharqshunoslik institutida uning ko‘plab asarlari saqlanib qolgan, ulardan birining hajmi 668 betni tashkil etadi. O‘zining dunyoqarashiga ko‘ra, Mahdumi A’zam panteizmga (Xudo bilan tabiat bir deb qaraydigan diniy-falsafiy talimot) yaqin turadi. Mahdumi A’zam fors-tojik tilida falsafa, geologiya, huquq sohalarida 30 dan ziyod asar yozgan, ularning bir qismi “Majmua ar-Rasoil” nomi ostida jamlangan.

 

 

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x