MAHBUS

MAHBUSehtiyot chorasi tartibida qamoqqa olingan shaxs. Oʻzbekistonda umumiy qoidagi binoan, shaxs ayblanayotgan jinoyati uchun 3 y. dan, voyaga yetmagan boʻlsa, 5 y. dan ziyod ozodlikdan maxrum qilish jazosi tayinlash koʻzda tutilgan va unga nisbatan boshka ehtiyot choralarini qoʻllash imkoni boʻlmagan ayrim hollardagina qamalishi mumkin (JPK, 242modda). Mahbus qamoqda 3 oy saqlanadi. Bu muhlatda ishni tamomlash imkoni boʻlmasa, qamoq muddati tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent sh. prokurorining ruxsati bilan — 5 oygacha, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosarining ruxsati bilan — 7 oygacha, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining ruxsati b-n — 9 oygacha, alohida hollarda tergov qilinayotgan ishning oʻta murakkabligini inobatga olib, ogʻir va oʻta ogʻir jinoyat sodir etishda ayblanayotganlarga nisbatan bir yilgacha muxdatga uzaytirilishi nazarda tutilgan. Qamoq muddatini yana uzaytirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi (JPK, 245modda).

Mahbus dastlabki qamoq joylarida saqlanadi va qonun boʻyicha cheklangan huquqlarga ega. Mahbus unga belgilangan tartibda yuborilgan pulni olish, naqd pul toʻlamasdan qilinadigan hisobkitob asosida oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni xarid qilish, jinoyat ishiga oid hujjat va yozuvlarni oʻz yonida saklash, qamokxona kutubxonasidagi kitoblardan foydalanish huquqiga ega; ishini yurita-yotgan tegishli organ yoki shaxsdan ijozat olib, har oy bir marta qarindosh-urugʻlari yoki boshqa shaxslar b-n koʻrisha oladi; yozishmalarga ham shu tartibda ruxsat etiladi. Mahbus istagan vaqtida advokat bilan xoli uchrashishga haqli. Mahbus surishtiruv, tergov, prokuratura yoki sud organlarining ruxsati hamda oʻzining roziligi bilan mehnatga jalb kilinishi mumkin. Qamoqda qonunga xilof ravishda saklab turilgani tufayli Mahbusga yetkazilgan zarar qoplanadi. Mahbus atamasi baʼzan qamoqda boʻlgan hamma shaxslarga, jumladan, sudning hukmi bilan jazo muddatini oʻtayotganlarga nisbatan ham ishlatiladi. Yuridik jihatdan bunday shaxslar mahkum deb hisoblanishi lozim.

Gʻafur Abdumajidov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x