MAHBUB ul-QULUB

«MAHBUB ul-QULUB» («Qalblar sevgilisi») — Alisher Navoiyncht asari. 1501-y. da yozilgan. Asar oʻzaro bogʻliq 3 qismdan iborat. 1qism 40 fasl (bob) ni oʻz ichiga oladi. Bunda muallif oʻz davrining tipik vakillari hayotini tasvirlagan. 10 bobdan tashkil topgan 2qismda yaxshi va yomon, maqtovga sazovor va nafratga loyiqxislatlar tafsiloti berilgan. 3qismga masal va hikmatlar kiritilgan. Har bir jumla oʻzaro qofiyadosh. Asarning sajʼda yozilishi unga alohida badiiy nafosat bagʻishlagan. Asarga baytlar, ruboiylar kiritilib, ular ulugʻ shoir va muta-fakkirning hayot haqidagi xulosalarini mujassamlashtirgan. «Mahbub ul-qulub ul-q.» Alisher Navoiy asarlari tilini oʻrganishda muhim manba hisoblanadi. Uning turli vaqtda koʻchirilgan bir qancha qoʻlyozmalari Toshkent, SanktPeterburg, Parij va Istanbul kutubxonalarida saqlanadi.

Nashri: «Mahbub ul-qulub», Matnni nashrga tayyorlovchi A. N. Kononov, Mahbub ul-qulub — L., 1948; «Mahbub ul-qulub» — Alisher Navoiy. Asarlar, 15 jildli, 13-j., T., 1966; «Mah-bub ul-qulub» — Alisher Navoiy. Mukammal asarlar toʻplami, 20 jildli, 14-j., T., 1998.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x