MAHALLIY SOLIQ VA YIGʻIMLAR

MAHALLIY SOLIQ VA YIGʻIMLARdavlat hokimiyatining mahalliy organlari va idoralari daromadiga oʻtkaziladigan soliq va yigʻimlar.

Oʻzbekiston Respublikasida Mahalliy soliq va yigʻimlar va y. ga mol-mulk soligʻi; yer soligʻi; reklama soligʻi; avtotransport vositalarini olib sotganlik uchun soliq; ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi; savdo-sotiq qilish huquqi uchun yigʻim, shu jumladan, ayrim turlardagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yigʻimlari; yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻulla-nuvchi jismoniy shaxslarni roʻyxatga olganlik uchun yigʻim, avtotransport toʻxtash joyidan foydalanganlik uchun yigʻim; obodonchilik uchun yigʻim va b. kiradi.

Mahalliy soliq va yigʻimlar va y. mahalliy byudjetga oʻtkaziladi, ularning mikdori, stavkalari, undirish tartibi, soliqdan imtiyozlar berish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda viloyatlar va Toshkent sh. xalq deputatlari kengashlari tomonidan, amaldagi qonunlarga muvofiq belgilanadi. Mol-mulk va yer soligʻi OʻzR qonun hujjatlari bilan joriy etiladi va respublikaning butun hududida undiriladi. Bu soliqlarning stavkalari OʻzR Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Mahalliy soliq va yigʻimlar va y. ga oid huquqiy munosabatlar OʻzR ning Soliq kodeksi (1997-y. dan 24 apr.) bilan tartibga solinadi.

Muhammadjon Nigʻmatov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x