MAHALLIY BOZOR — ayirboshlash miqyosi jihatidan muayyan mamlakatning davlat chegaralari doirasi b-n cheklangan shahar, tuman, viloyat hududlaridagi bozor. Bu bozorlarda sotiladigan mahsulotlar koʻlami va xilma-xilligi eng avvalo mahalliy q. x., sa-noatning rivoji va yoʻnalishi bilan belgilanadi. Bu bozorlardagi tovarlar, asosan, oziq-ovqat, keng isteʼmol, sanoat mollari, xoʻjalik va uy-joy buyumlari, qurilish materiallari va b. dan iborat boʻladi. Mahalliy bozorning xilma-xilligi, ularning xususiyatlari, sotiladigan tovarlar turlari shu yerli xalqning xoʻjalik tarzi, hududning uzoq shakllangan madaniyiqtisodiy taraqqiyoti natijasidir. Mahalliy bozor mintaqa bozori va jahon bozori b-n aloqalarga kirishib, oʻz biqiqligini yoʻqotib boradi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые