MAGNOLIYA (Magnolia) — magnoliyadoshlar oilasiga mansub doim yashil yoki barg toʻkadigan daraxtlar turkumi. Sharqiy va Jan.-Sharqiy Osiyo, Shim. Amerikaning jan.-sharqi hamda Markaziy Amerikada 80 ga yaqin turi bor. Oʻzbekistonda 3 turi manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Shundan yirik gulli Magnoliya doim yashil manzarali daraxt sifatida tarqalgan. Oʻzbekistonda oʻstiriladiganining bargi kuzda toʻkiladi. Boʻyi 10—13 m oraligʻida. Barglari ellipssimon yoki tuxumsimon, yaltiroq, bandli, ketma-ket joylashgan. Gullari yirik, oq, xushboʻy, yakka. Bargi tarkibida efir moylari, glyukozidlar, poʻstlogʻi va ildizida alkaloidlar bor. Bargidan tayyorlangan suyuq eksrakt qon bosimini pasaytirishda qoʻllanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые