MAGNITOGIDRODINAMIK GENERATOR, MGD-generator — issiqlik energiyasini bevosita elektr energiyasiga aylantirib beradigan generator. Asosiy qismlari: elektrodlar joylashgan kanal va kuchli magnit maydonni hosil qiladigan elektromagnit. Magnitogidrodinamikning yopiqsiklli (berk kanalli) va ochiq siklli (ochiq kanalli); impulsli (oniy), qisqa muddat va uzok, muddat ishlaydigan xillari boʻladi. Generator ishlab turgan paytda t-ra va bosim taʼsirida kanalda harakatlanadigan va magnit maydonni kesib oʻtadigan elektr oʻtkazuvchi ish jismi (elektrolit, suyuq metall yoki plazma) da elektr toki hosil boʻladi. Bu tok elektrodlar orqali isteʼmolchiga boradi. Dastlabki Magnitogidrodinamik 20-a. 50-y. lar oxiri va 60-y. lar boshida oldin AQSH da, keyinroq sobiq Ittifoqda yaratilgan. Quvvati 500 MVt ga yetadigan MGD-elektr st-yaning magnitogidrodinamik bloki ham ishlab chiqilgan. Magnitogidrodinamik issiqlik elektr st-yalarining ish samaradorigini ancha oshiradi. Magnitogidrodinamikdan elektr st-yalarda, kosmik kemalar, samolyotlar va b. da foydalanish mumkin.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые