MAGNIT (yun. magnetis, Magnetis litpos — aynan Kichik Osiyodagi qad. shahar Magnesiya nomidan) — magnitlangan ferromagnit yoki ferromagnit (yaʼni magnitlovchi maydon taʼsiri olinganidan keyin ham katta magnit induksiya xossasini saqlaydigan) materi-allardan yasaladigan taqasimon polosa va b. shakldagi buyum (jism). Odatda, Magnit havo tirqishida, mas, taqasimon Magnitning qutblari orasida magnit oqimi vujudga keltirishga xizmat qiladi. Havo tirqishi Magnitning magnit induksiyasi (demak, magnitlanganligi)ni kamaytiradi. Magnit temir, nikel va baʼzi metallarni tortish qobiliyatiga ega. Erkin osib qoʻyilgan Magnit (mas, kompasning magnit mili) Yerning magnit maydonida oʻz-oʻzidan shunday joylashib qoladiki, uning qutblarini birlashtiruvchi chiziqlar taxm. meridian boʻylab yoʻnaladi. Shunda Magnitning shim. ga qaragan uchi Shim. qutb, jan. ga qaragan uchi Jan. qutb deb ataladi. Magnitlanish elektr toki bilan vujudga keltiriladigan Magnit elektromagnit deb ataladi. Magnit radioelektronika, radiotexnika, avtomatikada mustaqil doimiy magnit maydoni manbai sifatida keng qoʻllaniladi. Oʻta oʻtkazuvchan materialdan yasalgan chulgʻamli solenoid yoki elektromagnit oʻta oʻtkazuvchan Magnit deb ataladi. U moddalarning magnit, elektr va optik xossalarini tadqiq qilishda; plazma, atom yadrolari va elementar zarralarni oʻrganishga doyr tajribalarda keng qoʻllaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые