Mustaqillikning ilk yilida davlat madhiyasi uchun konkurs eʼlon qilingan edi. Unda mashhur bastakor Mutal Burhonov musiqasi va Abdulla Oripov soʻzi gʻolib deb topildi. Madhiya musiqasi va matni Oliy Kengashda tasdiqlanadigan boʻldi. Oʻsha kuni madhiya ijro etildi. Hamma oyoqqa qalqdi.
Abdulla Oripov sekingina Mutal akaga shivirladi:
– Ustoz, endi oʻzimiz ham tik turamiz-da!
– Oʻzimiz mayliku-ya, madhiya ijro etilganda hatto raqiblarimiz ham oyoqqa turishga majbur ekanligidan xursandman, – dedi atoqli bastakor miyigʻida kulib.
Nosir MUHAMMAD
https://saviya.uz/hayot/mashhurlar-hayoti/madhiya-sharofati/