LYUTNYA (arab, al-ud — xushboʻy daraxt) — torli tirnama musiqa cholgʻusi. Kosaxonasi, katta, dastasi kalta va keng, quloklar joylashgan uchi qayrilgan. 6 — 11 ichak tori, 4 (16-a. dan boshlab 11) pardasi boʻlgan. Oʻrta Osiyodan arab mamlakatlari orqali Ispaniya va Sitsiliyaga oʻtgan ud asosida yuzaga kelib, 14-a. da Lyutnya nomi bilan butun Yevropaga tarqalgan. Sadolanishi, Yevropa koʻpovozli (asosan, gomofoniya uslubidagi) musiqasiga xos parda tuzilishi, tovushqator tizimi bilan oʻtmishdoshidan farqqilgan. Uygʻonish davrida Lyutnya yakkanavoz va ansambl cholgusi sifatida Yevropa musiqa madaniyatida asosiy oʻrinni egallagan. Lyutnya uchun kompozitorlar maxsus asarlar yaratgan, xalq kuylarini qayta ishlagan. Lyutnya asarlarining notalari tabulatura tarzida chop etilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые