LYUTERCHILIK

LYUTERCHILIK — protestantizmning yirik yoʻnalishlaridan biri. Asoschisi — M. Lyuter. Germaniyada paydo boʻlgan. Lyuterchilik protestantizmning asosiy qoidalarini bayon qilib bergan. Lyuterchilik tarafdorlari katolik ruhoniylari va cherkovning xudo bilan dindorlar oʻrtasidagi vositachilik rolini tan olmaydi. Xristianlik marosimlaridan faqat ikkitasi — choʻqintirish va prichashcheniye (eʼtikod qiluvchilarning goʻyo Isoning haqiqiy tanasi va qoniga qoʻshilish uchun non va vino isteʼmol qilib oʻtkaziladigan marosimi)ni eʼtirof qiladi. Lyuterchilikda diniy aqida, ichki diniy eʼtiqod birinchi darajali ahamiyatga ega, diniy taʼlimot Injilga asoslanishi lozim. «Augsburg diniy eʼtiqodi» va «Apologiya»ni oʻz ichiga olgan «Totuvlik kitobi», Bibliya hamda «Katta» va «Kichik» katexi-zislar Lyuterchilikning asosiy diniy hujjatlari sanaladi. L. Skandinaviya mamlakatlarida, Germaniya, AQSH, Boltiqboʻyi mamlakatlarida tarqalgan. 1947-y. da Jahon lyuterchilik ittifoqi tuzilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x