LYUNET (frans, lunette) , lyunetta — 1) meʼmorlikda — gumbaz yoki devor (eshik tepasi)dagi ravoqsimon darcha. L. xonani shamollatish uchun oynavandli qilinadi; oddiy ravoqsimon hoshiya, baʼzan naqsh va haykallar bilan bezatiladi;
2) mashinasozlikda — stanokda ishlov beriladigan uzun, ingichka zagotovkalarni qoʻshimcha ushlab turadigan qurilma. Bunday Lyunet zagotovkani oʻz ogirligi va keskichning bosimi taʼsirida egilishidan hamda titrashdan saqlaydi.