LYUMYER

LYUMYER (Lumiere) Lui Jan (1864.5.10, Bezanson — 1948.6.6, Bandol) — fransuz kinematografiya ixtirochisi. Fransuz FA aʼzosi (1919). Sanoat maktabini tugatgan, otasiga qarashli fotomateriallar f-kasida ishlagan. 1895-y. da akasi Ogyust (1862 — 1954) bilan birga «harakatlanuvchi fotografiyalar»ni suratga olish va ekranga proyeksiyalash apparati (kinematograf) tuzilmasini ishlab chiqqan. Shu apparati bilan suratga olingan kino-programmani birinchi marta Parijda 1895-y. dek. da namoyish etgan. 1898-y. dan kinotexnika bilan shugʻullangan. Lyumyer hajmiy va rangli kinoga olish va namoyish qilishni tadqiq kilgan. Fransiyada har yili eng yaxshi xujjatli film uchun Lyumyer nomli mukofot taʼsis etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x