LYUMINOFORLAR (lot. lumen – yoruglik va yun. phoros — eltuvchi) — lyuminessensiya xossasiga ega boʻlgan moddalar. Lyuminessensiya hosil qilish turiga koʻra, fotolyuminoforlar, katodolyuminoforlar, rentgenolyuminoforlar va b. ga boʻlinadi. Kimyoviy tarkibiga koʻra, Lyuminoforlarning anorganik va organik xillari bor. Anorganik Lyuminoforlar (kristallofosforlar) ning chaqnashi tarkibida begona kationlarning (0,001% gacha) boʻlishiga asoslangan. Bunday qoʻshilmalar (aktivatorlar), odatda, metallarning kationlari hisoblanadi; mas, rux sulfidining chaqnashi mis kationi bilan faollashadi. Anorganik Lyuminoforlar lyuminessent lampalaraya. rentgen ekranlarini tayyorlash uchun elektron-nurli trubkalarda ishlatiladi, radiatsiya indikatori uchun va b. uchun xizmat qiladi. Organik Lyuminoforlar (lyumogenlar) ochik, (yarkiy) fluores-sent boʻyoqlar, lyuminessentlovchi materiallar tayyorlashda qoʻllaniladi. Lyuminoforlar kimyo, biol., tibbiyot, televideniye va kriminalistikada sezgir lyuminessent analizda foydalaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые