LYUIZIT (amerikalik kimyogar U. Lyuis nomi bilan atalgan) ((J-xlorvinildixlorarsin, a-L.), ClCH=CHAsCl2 — rangsiz, hidsiz ogir suyuklik. Mol. m. 207.29. Qaynash t-rasi 196,6°, suyuklanish t-rasi — 2,4°, zichligi 1879 kg/m3. Organik erituvchilarda eriydi, suvda erimaydi. Xorijiy maʼlumotlarga kura, Lyuizit — zaharlovchi modda. Uning juda oz miqdori xam yuqori nafas yoʻllarini chidab boʻlmas darajada achishtiradi. 0,2—0,3 mg/sm2 dozasi terini qizartiradi va qattiq ogʻritadi. Terida paydo boʻlgan pufakchalar keyinchalik yaraga aylanadi. L . ning bugʻlari ham shunday taʼsir qiladi. Birinchi jahon urushi oxirida AQSHda ishlab chiqarilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые