LYUIDA — Xitoyning shim.-sharqiy qismidvgi maʼmuriy shahar hududi, Lyaodun ya. o. ning janubiy chekkasida. Lyuyshun, Dalyan sh. lari va bir qancha uyezd hamda mayda orollarni oʻz ichiga oladi. Mayd. 4 ming km2. Muhim port va savdo-sanoat markazi. Lyuidaning Sariq dengiz sohilidagi muzlamaydigan porti Xitoyning tashqi iqtisodiy aloqalarida muhim ahamiyatga ega. Kemasozlik va b. mashinasozlik tarmoqlari, elektrotexnika, kimyo, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые